Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgargan Nikolas Keyj muxlislarni hayratga soldi

O‘zgargan Nikolas Keyj muxlislarni hayratga soldi

Foto: «Medalon» filmidan kadr

«RAMBLER»ning yozishicha, «Kokain baron» (Running with the Devil) filmining premerasi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Unda bosh rolni Nikolas Keyj o‘ynagan. Aktyorning muxlislari uni anchadan beri omma oldida ko‘rmagandi. Premerada sevimli aktyor soqol qo‘ygan, semirib ketgan qariya ko‘rinishida chiqqanida uni darrov tanishmadi.

Qizil gilamli yo‘lakchada 55 yoshli aktyor shlyapa, futbolka, qora jinsi va bo‘rilarning rasmi tushirilgan jinsovkada paydo bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilari taniqli aktyor juda o‘zgarganini ta’kidlashdi. Gap faqat uning kiyinish uslubida ham emas: andak vazniga vazn, yoshiga yosh qo‘shilgan, ustiga-ustak, soqol ham qo‘ygan.

Nazariya soqol yoki shlyapa bilan qandaydir bog‘liqligi bor, — deb yozadi muallif «Buzz Feed» portalida «Kokain baron» premerasida Keyj obraziga tavsif berar ekan.

Film syujetiga ko‘ra aktyor personaji — kartel yetakchisining yordamchisi. Filmda, shuningdek, Lesli Bibb, Adam Goldberg, Barri Pepper, Piter Fachinelli, Kit Jardin, Klifton Kollinz va boshqalar ishtirok etishgan. «Kokain baron»ning oktyabrda ijaraga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring