Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» bugungi ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» bugungi ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Bugun 29-iyunda respublika bo‘yicha harorat foni 40-42° atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 43-45° gacha bo‘lgan quruq, issiq ob-havo saqlanib turadi.

Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda quyoshli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida mermometr ustuni 41-43° gacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Hafta boshida «O‘zgidromet» anomal issiq qachongacha davom etishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring