«O‘zgidromet» kuchli shamol va chang bo‘ronlari bo‘yicha xabar berdi

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra 19 dekabr kuni O‘zbekiston hududlarining ba’zi joylarda yomg‘ir va shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi ma’lum qilingandi.
Haqiqatda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va shamolning kuchayishi kuzatildi.
Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi tumanlarda yomg‘ir yog‘ishidan oldin shamolning kuchayishi changli bo‘ronlarning ko‘tarilishiga va ko‘rinuvchanlikni yomonlashishiga olib keldi.
Yaqin 2-3 soatda (soat 13 dan 15 gacha) Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishidan oldin shamolning kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda qisqa muddatga changli bo‘ronlar ko‘tarilishi kutilmoqda, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter