Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» shoshilinch xabar berdi

«O‘zgidromet» shoshilinch xabar berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

«Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring