Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» sovuq havo qachondan chekinishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» sovuq havo qachondan chekinishini ma’lum qildi

Foto: «Xabar.uz»

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun O‘zbekiston hududida sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7-10 daraja iliqgacha, janubda 11-13 daraja iliqgacha isiydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring