Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»dan xushxabar: hafta davomida harorat pasayib boradi

«O‘zgidromet»dan xushxabar: hafta davomida harorat pasayib boradi

Foto: Xabar.uz

O‘tgan hafta hukm surgan kuchli jaziramadan so‘ng, 7−11-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Havo harorati dushanba kunduzi +36…+41 darajani, 8–9-iyul kunlari +33…+38 darajani, 10–11-iyulda +31…+36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga borib harorat +37…+40 daraja bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 9–10-iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-iyul kuni harorat asosan +39…+41 daraja, 8–9 iyulda +35…+38 daraja, 10–11-iyulda +32…+37 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring