«O‘zgidromet» tog‘li hududlar aholisini ogohlantirdi

«O‘zgidromet» tog‘i hududlar aholisiga murojaat bilan chiqdi.
«2022-yil 21-yanvardan 28-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istoqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz»,— deyiladi ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Qamchiq» dovoni hududida noqulay ob-havo kuzatilish bo‘yicha bayonot chiqqandi. Shuningdek, kecha Chimyon hududida qor ko‘chgani bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter