Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zi kelar. Lippi iste’fodan so‘ng 4 oy o‘tib yana Xitoy termasiga qaytdi

O‘zi kelar. Lippi iste’fodan so‘ng 4 oy o‘tib yana Xitoy termasiga qaytdi

Foto: «Google.com»

Xitoy milliy terma jamoasi boshqaruviga yana Marchello Lippi qaytarildi. Bu haqda Xitoy futbol assotsiatsiyasi xabar tarqatgan.

Masalaning g‘alati tomoni shundaki, Marchello Lippi 4 oygina muqaddam, 2018 yilning 25 yanvarida Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rniga esa yana bir italiyalik mutaxassis – Fabio Kannavaro terma jamoa boshqaruviga tayinlangandi.

Ammo Kannavaro bor e’tiborini «Guanchjou Evergrand» ga qaratishni ma’qul ko‘rib, terma boshqaruvidan ketgandan so‘ng Xitoy futbol assotsiatsiyasi yana Marchello Lippining nomzodiga to‘xtalishni ma’qul ko‘rdi.

Endi Lippi Xitoy terma jamoasini JCh-2022 saralash musobaqasiga tayyorlaydi. Saralash bahslari joriy yilning sentyabr oyida boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring