Oziq-ovqat allergiyasining kutilmagan sababi aniqlandi

Massachusets umumiy kasalxonasining amerikalik olimlari oziq-ovqat allergiyasining yangi sababini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, immunitet tizimida yeryong‘oq va boshqa ba’zi mahsulotlarga nisbatan genetik o‘zgarishlar mavjud. Tadqiqot Science Translational Medicine (STM) ilmiy jurnalida chop etildi.
“Go‘yoki bizning DNKimizga yeryong‘oqqa qarshi kod o‘rnatilganga o‘xshaydi”, deb tushuntirdi loyihani boshqargan doktor Sarita Patil.
Olimlar shuni aniqladilarki, ko‘pchilik odamlar organizmida oziq-ovqat oqsillariga qarshi bir xil antitanalar ishlab chiqarishga olib keladigan o‘ziga xos genlar mavjud.
Eng ajablanarlisi shundaki, bu antitanalar 1-3 yoshli bolalarda yeryong‘oqni tatib ko‘rishlari bilanoq ishlab chiqarila boshlaydi.
Bu kashfiyot oziq-ovqat allergiyasini davolashda inqilob qilishi kutilmoqda. Antitanalar barcha odamlarda deyarli bir xil bo‘lganligi sababli, olimlar endi immunitet tizimini "qayta dasturlashtiradigan" universal dori ishlab chiqishlari mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, kashf etilgan mexanizm oziq-ovqat allergiyalari muammosiga bir marta va butunlay chek qo‘yish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter