O‘zLiDeP konstitutsiyani o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish haqidagi tashabbus bilan chiqqan.
Bugun, 16 may kuni Qonunchilik palatasida fraksiyaning shu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidentining lavozimga kirishish marosimidagi nutqi va Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati borasida ilgari surilgan fikrlari muhokama qilingan.
«O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar Bosh qomusimiz — Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Bu borada fraksiya a’zolari Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, uni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish bo‘yicha o‘zlarining aniq pozitsiyalarini ma’lum qilishdi», deyiladi partiya xabarida.
Mazkur masala muhokamasiga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi ham qo‘shilgan. Gap aynan qanday o‘zgartirishlar haqida ketayotgani ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter