Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank xodimlarga ingliz va rus tilini o‘rgatadigan bot ishga tushirdi. G‘oliblar taqdirlanmoqda

O‘zmilliybank xodimlarga ingliz va rus tilini o‘rgatadigan bot ishga tushirdi. G‘oliblar taqdirlanmoqda

Foto: Xabar.uz

Milliy bank rahbariyati tomonidan xodimlar o‘rasida xorijiy tillarni o‘rganish va mavjud bilimlarni takomillashtirish, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish va yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish uchun maxsus bot ishga tushirildi.

Unga ko‘ra, avval xodimlarga 40 ta savol beriladi va javoblar orqali yig‘ilgan ballardan kelib chiqib bilim darajasiga qarab turli guruhlarga ajratiladi. Har chorak yakunida 3 oylik natijalar jamlanib, eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bu loyiha 2019 yil may oyidan «English conversation» nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, unda 703 nafar bank xodimi o‘zaro bellashdi. 2019 yil noyabr oyida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 15 nafar bank xodimi aniqlanib, sovrinlar bilan taqdirlandi. Shaxsan O‘zmilliybank Boshkaruvi raisi birinchi 5 talikka kirganlarga qimmatbaxo sovrin va faxriy yorliq topshirdi. Bundan tashqari, loyiha komissiya a’zolari tomonidan tanlab olingan xodimlar ustamasiga qo‘shimcha ravishda 10% miqdorda rag‘bat tarzida mukofot o‘rnatildi.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichi 2019 yil may oyidan to noyabr oyigacha davom etdi. 2019 yil dekabr oyidan to hozirga qadar tanlov davom etib kelmoqda. Dekabr-fevral oylarida o‘zaro bellashgan bank xodimlari orasidan yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar ishtirokchi saralab olindi va tegishli ravishda mukofotlandi.

2020 yil may oyidan esa «Poyexali» nomli loyiha ishga tushirilib, xodimlarning rus tili savodxonligini aniqlash yo‘lga qo‘yildi. Loyiha ingliz tili bilan birga «NBU QUIZ» telegramm-botida umumlashtirildi va xozirda 1558 nafar bank xodimi ro‘yxatdan o‘tib, ingliz va rus tilidagi bilimlarini sinamoqda.

Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — xodimlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishdan iborat. Shuningdek, loyiha iqtidorli xodimlarni bir yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishga, bir lavozimdan boshqa lavozimga o‘tkazish hamda departamentlarda ingliz va rus tillarida ravon so‘zlasha oladigan xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring