Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ozod Rossiya» legioni katta yo‘qotishga uchraganini rad qildi. Nega ular Rossiyaga qarshi jang qilishmoqda?

«Ozod Rossiya» legioni katta yo‘qotishga uchraganini rad qildi. Nega ular Rossiyaga qarshi jang qilishmoqda?

«Ozod Rossiya» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» (RKK) Belgorod viloyatidagi operatsiya vaqtida jami 12 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.

«Operatsiya davomida ikki kishi halok bo‘ldi va o‘n kishi yaralandi. G‘alaba qozona olmaydigan va shuning uchun bizning katta yo‘qotishlarimiz haqidagi raqamlarni chizadigan propagandachilarning ikkiyuzlamachi gaplariga ters o‘laroq», – deyiladi legion matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, «Ozod Rossiya» legioni va RKK operatsiya davomida katta miqdorda texnika va ko‘plab asirlarni qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ular Rossiya Baxmutda Ukraina kuchlaridan olib qo‘ygan texnikalarni qaytarib olgan.

«Biz ushbu texnikalarni qaytarib oldik», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, «Ozod Rossiya» legioni Rossiya harbiylarini Belgorod viloyatidagi shaharlarni o‘qqa tutganlikda aybladi.

«Legionerlar mahalliy aholiga tegmasdan, yashash manzillari atrofidan o‘tayotganida, RF qurolli kuchlari artilleriya va aviatsiya orqali tinch shaharlarga zarba berdi», – deyladi legion xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatiga bostirib kirgan «Ukraina tuzilmalari» aksilterror operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qilgan edi.

Rossiya tomonining iddao qilishicha, hujumni qaytarish vaqtida 70 nafardan ortiq «Ozod Rossiya» va RKK a’zosi, 4 ta zirhli mashina va 5 ta pikap yo‘q qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, «Ozod Rossiya» legioni Rossiya harbiy asirlari va ko‘ngillilardan tashkil topgan Ukraina qurolli quchlarining harbiy qismi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring