Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov qatnashgan reklama bo‘yicha jazo chorasi e’lon qilindi

Ozodbek Nazarbekov qatnashgan reklama bo‘yicha jazo chorasi e’lon qilindi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklamasida ishtirok etgan do‘konga jazo qo‘llanildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni haqidagi reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, kiyim do‘koni  «Reklama to‘g‘risidagi» Qonunning 16-moddasini, ya’ni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish bo‘yicha taqiq talablarini buzgan deb topdi.

Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Maxsus komissiya tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida Madaniyat vaziri O.Nazarbekovning reklamada ishtirokini reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi yoki reklama tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmadi.

O.Nazarbekov tomonidan reklamani o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmaganligi «Reklama to‘g‘risidagi» Qonuniga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring