O‘zPFL 2018-yilda klublar oldiga qo‘yiladigan asosiy talablarni ma’lum qildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018-yilgi mavsum reglamentini tasdiqladi.
Reglamentda birinchi navbatda yangi mavsumda klublar oldiga qo‘yiladigan talablar haqida O‘FF rasmiy saytida xabar berilgan.
Jumladan, Superliga va Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar:
— O‘FF va PFL tomonidan chiqariladigan Qarorlarga bo‘ysunishi;
— FIFA tomonidan tan oligan xalqaro sertifikati bor murabbiylarga ega bo‘lishi;
— Tegishli talablarga javob beradigan stadionga ega bo‘lishi (Superliga klublari uchun kamida 5 000 o‘rindiqli, Pro-liga jamoalari uchun kamida 3 ming o‘rindiqli) hamda bu stadionlardagi yoritish tizimi kamida 1200 lyuks bo‘lishi;
— Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun talabga javob beradigan futbol maydonlari, trenajyor zallari, o‘quv xonalari, futbolchilar uchun yotoqxonalar va ovqatlanish xonasiga ega bo‘lishi;
— O‘z tizimida kamida 100 nafar tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan futbol maktabi (akademiya)ga ega bo‘lishi (Superliga jamoalariga tegishli). Pro-liga klublari o‘z maktabi yo‘q bo‘lgan taqdirda, boshqa Futbol maktablari bilan uzoq yillik hamkorlik bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lishi (Bu holatda Pro-liga klublariga Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari bilan shartnoma tuzish ta’qiqlanadi);
— O‘z tizimida ayollar, futzal jamoalariga ega bo‘lishi (Superliga jamoalariga tegishli);
— Transport vositalari, jumladan, kamida 25 o‘rindiqli avtobusga ega bo‘lishi, shuningdek, zarur ofis jihozlari va texnikasi mavjud bo‘lishi;
— O‘z matbuot xizmati va veb-sayti bo‘lishi shart etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter