Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdi

O‘zsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdi

O‘zsanoatqurilishbank joriy yilning 21-23-sentyabr kunlari dunyoning yetakchi investitsion banklaridan biri - J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida onlayn tarzda ishtirok etdi. Bunda Bankning xalqaro kapital bozorlarida investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadi ko‘zda tutildi.

Mazkur tadbir doirasida bank va investorlar hamda investitsiyaviy va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi. O‘zaro muzokaralarda mamlakat moliya sektorida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish maqsadida moliyaviy natijalar va yangi mahsulotlar muhokama etildi.

Anjuman ishida xalqaro investitsion jamg‘armalar, portfel investorlar hamda «Banco Finantia», «Julius Baer & Co, Ltd», «Prince Street Cap Mgt Inc», «T.Rowe Price International Ltd», «Baillie Gifford & Co», «Bank J. Safra Sarasin (Bahamas) Ltd», «Legal and General Investment Management», «Sovcombank», «Aegon Asset Management», «Blueorchard Finance Limited», «Fidelity Managementand Research» kabi boshqaruv kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida taqdimot materiallari taqdim etilib, ular doirasida istiqbolli masalalar, jumladan, salohiyatli investorlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishning muhim jihatlari muhokama etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqaro biznes hamjamiyatining O‘zsanoatqurilishbankka nisbatan ishonchini oshirib, uning tashqi moliya bozoridagi mavqeiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tkazilgan onlayn uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligi yanada kengayishi kutilmoqda.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring