Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» transformatsiya qilinadi

«O‘zsanoatqurilishbank» transformatsiya qilinadi

«O‘zsanoatqurilishbank» va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida bankni eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh muassasaga tansformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kelishuvga asosan «O‘zsanoatqurilishbank»da xizmat ko‘rsatishning bozor mexanizmlari yanada keng joriy etiladi, zamonaviy bank innovatsion xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini ko‘paytirish orqali aholi va tadbirkorlar uchun bank xizmatlarining ommabopligi oshiriladi, ayniqsa, yurtimiz chekka hududlarida bank xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishbank»da Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishlab chiqarish ob’yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish va energo-tejamkorligini oshirishga qaratilgan «Green banking» tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlari va xizmat turlari joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring