Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi  ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yil 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish» mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida O‘zsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘rtasida mandat xati imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, XMK tomonidan bankka 50 mln. AQSh dollari miqdorida subordinatsiyalangan kredit ajratish hamda yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarib, uni xususiy tarzda joylashtirishga ko‘maklashuv taqdim etiladi.

Bu bilan korporatsiya Bank kapitalining yetarliligini ta’minlash orqali uning xususiylashtirishdan avvalgi tadbirlariga ko‘maklashni ko‘zda tutmoqda. Xususan, Bankning kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini kreditlash imkoniyatini oshirish hamda xalqaro kapital bozorlarida yevroobligatsiyalarini ikkinchi bor joylashtirishini moddiy va konsultativ qo‘llab-quvvatlaydi.

XMK 2018-yildan buyon O‘zsanoatqurilishbank tizimida korporativ boshqaruvni mustahkamlash, biznes jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish, uning operatsiyalarini tijoratlashtirish, xavflarni boshqarishni takomillashtirish hamda «yashil» bankingni rivojlantirish borasida yaqindan ko‘maklashib kelmoqda.

Bank faoliyatini diagnostikadan o‘tkazib, mijozga yo‘naltirilgan tamoyilda ish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, bugungi tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik transformatsiyaning uchinchi bosqichida IT tizimni yangilash va tegishli infratuzilma yaratishga qaratilgan yangi biznes model asosida olib borilmoqda.

Ta’kidlash joiz, XMK tomonidan O‘zsanoatqarilishbankka joriy yilning avgust oyida 75 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi jalb qilingan bo‘lib, mablag‘ muassasani xususiylashtirish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish uchun uning aksiyadorlik kapitaliga konvertatsiya opsiyasi bilan ajratilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring