Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi raisi o‘rinbosari 39 yoshida vafot etdi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi raisi o‘rinbosari 39 yoshida vafot etdi

Foto: Uyushma matbuot xizmati

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 2020 yil 14 oktyabr kuni og‘ir xastalik oqibatida 39 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek Abrayev Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug‘ilgan. 2003 yili Toshkent moliya institutini magistratura (kunduzgi) yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yildan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi Pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo‘limida boshlagan. 2004-2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qildi. 2019 yilda AT «Poytaxtbank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishladi. 2019 yildan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring