Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» qo‘shimcha qo‘yilgan qator mahalliy qatnovlar haqida ma’lumot berdi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» qo‘shimcha qo‘yilgan qator mahalliy qatnovlar haqida ma’lumot berdi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar berdi.

Jumladan:

  • 3-iyun kunidan boshlab 129/130-sonli «Andijon-Termiz-Andijon» yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

129-sonli «Andijon-Termiz» yo‘nalishi haftaning har dushanba kunlari – Andijon 16:24-Termiz 12:55;

130-sonli «Termiz-Andijon» yo‘nalishi haftaning har seshanba kunlari – Termiz 15:25-Andijon 13:49.

  • 93/94-sonli «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

94-sonli «Toshkent-Andijon» yo‘nalishi – Toshkent 06:07-Andijon 13:17;

93-sonli «Andijon-Toshkent» yo‘nalishi – Andijon 16:51-Toshkent 23:49.

  • 6-iyun kunidan boshlab 127/128-sonli «Andijon-Qo‘ng‘irot-Andijon» yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati quyidagi jadval bo‘yicha:

127-sonli «Andijon-Qo‘ng‘irot» yo‘nalishi haftaning har payshanba kunlari – Andijon 19:42-Qo‘ng‘irot 22:37;

128-sonli «Qo‘ng‘irot-Andijon» yo‘nalishi haftaning har shanba kunlari – Qo‘ng‘irot 6:45-Andijon 10:28.

Kompaniya, shuningdek, aholini qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring