Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston “M360 GSMA Euasia” 2025 forumi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston “M360 GSMA Euasia” 2025 forumi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“O‘zTTBRM” DUK, “Simartis Telecom” hamda “Global Technology center” MChJ QKlar o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolandi.

Toshkentda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi va “Global Technology center” hamda “Simartis Telecom” (Ruminiya) kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida “Simartis Telecom kompaniya vakillari “O‘zTTBRM” DUK rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, kompaniya faoliyatini yuqori baholadilar.

Yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda "O‘zTTBRM" DUK va “Simartis Telecom” va “Global Technology center” kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring