Pandemiyaga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga nega pul berilmadi?
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ish yurituvida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasidan o‘z xodimlariga 485 mln. 567 ming 740 so‘mlik ish haqi, ma’naviy zarar va maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish pullarini undirish haqidagi jami 15 ta ijro hujjatlari mavjud. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib «Nasafnews» xabar berdi.
Ulardan 13 tasi bevosita 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga ish jalb qilingan tibbiyot xodimlari foydasiga rag‘batlantirish pullarini undirish bilan bog‘liq.
Ushbu ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor tashkilotga tegishli bo‘lgan bino ko‘chmas mulk ob’yekti, «Nexia-3» va «Gentra» avtomobillari xatlab olindi hamda «Nexia-3» avtomobili elektron onlayn auksion savdosiga chiqarildi.
Bundan tashqari, qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lash chorasini ko‘rmaganligi uchun boshqarma bosh hisobchisi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi Kodeksning 198/2 moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter