Marhum papaning mashinasi G‘azodagi bolalar uchun ajratiladi

Yaqinda vafot etgan Rim papasi Fransiskning mashinasi uning vasiyatiga muvofiq G‘azo sektoridagi kasal va yaralangan bolalar uchun ko‘chma tibbiy markazga aylantirilmoqda.
Papa Fransisk ushbu qarorni vafotidan bir necha oy oldin ma’qullagan. Mashinani Falastin prezidenti Mahmud Abbos pontifikning mamlakatga tashrifi munosabati bilan hadya qilgan edi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tibbiy majmua G‘azodagi bolalarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning holatini yengillashtirishga ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter