Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paraatletlarimizga oq yo‘l tilandi

Paraatletlarimizga oq yo‘l tilandi

Ertaga Xitoyning Xanjchou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaga jo‘nab ketishi oldidan Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O.Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosarlari - Sh.Mahmudov va M.Ismoilov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari – A.Komilov hamda Sh.Toshmatovlar Milliy paralimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.

Ularni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Toshxo‘jayev qarshi oldi.

Tantanali kuzatish tadbiri oldidan O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu kompleks musobaqaga ko‘rgan tayyorgarligi, kutilayotgan natijalarga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda har bir yo‘nalishda kutilayotgan natijalar, hamyurtlarimizning tayyorgarligi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Xanchjouga yetib bordi. Ma’lumot uchun, bu galgi musobaqada delegatsiyamiz 11 sport turida 108 nafar paraatlet bilan ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring