Parad Rossiya armiyasida texnik va strategik muammolar borligini ko‘rsatib qo‘ydi
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi har kunlik hisobotida bir kun oldin Kreml Qizil maydonida bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradini tahlil qildi.
Britaniya ma’lumotlariga ko‘ra, parad Ukrainadagi 15 oydan beri davom etib kelayotgan urushda Rossiya armiyasi ham texnik jihozlar, ham strategik masalalarda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganini aniq ko‘rsatib berdi.
Paradda 8000 dan ortiq harbiy qatnashgani xabar qilingan, biroq ularning aksariyati armiya xizmatdagi harbiylar emas, balki harbiylashtirilgan yordamchi kuchlar va kursantlar bo‘lgan.
Haqiqiy armiya xizmatdagi xodimlar Qizil maydon bo‘ylab yurgan yagona harbiy bo‘linmalar temir yo‘l qo‘shinlari va harbiy politsiya bo‘lgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi mutaxassislari yagona eski T-34 tankining paraddagi ishtirokidan hayratda qolishgan.
«Rossiya Federatsiyasi «Ukrainadagi yo‘qotishlarga qaramay, o‘z harbiy salohiyatini saqlab qolishi mumkin edi», ammo Kreml mamlakat ichida paradlarni harbiy amaliyotlardan ustun qo‘yilgani uchun tanqid qilinishidan qo‘rqadi» – deyiladi hisobotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter