Parij-2024ga ilk yo‘llanma qo‘lga kiritildi

O‘zbekiston Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani taqdim qildi.
T.Ikromova ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egalladi. Ikromova bu bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan joy oldi. Shuningdek, sportchimiz bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas