Parij sudi vazirga nisbatan zo‘rlash ishini qaytadan ko‘rib chiqadigan bo‘ldi
Parij apellyasiya sudi zo‘rlashda ayblanayotgan Fransiya davlat xizmati va davlat budjeti vaziri Jerald Darmanenga qarshi tergov harakatlarini davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar berdi.
2019-yil noyabrda kassatsiya sudi Parij apellyasiya sudi tergov palatasini 2018-yilda Darmanenga qarshi ishning yopilish qonuniyligini qaytadan ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Fransuz vaziriga qarshi shikoyat 2017-yilda Sofi Patterson-Spats tomonidan berilgan bo‘lib, uni 2009-yilda zo‘rlaganlikda, ishonchini suiiste’mol qilganlikda ayblagan. Parij sudi 2018-yil 16-avgust kuni jinoyat tarkibining yo‘qligi to‘g‘risida qaror chiqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter