Parkentdagi zilzila poytaxtda sezildi

Bugun, 18-avgust kuni soat 4:00 da Toshkent viloyatining Parkent tumanida 3 balli zilzila qayd etildi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 25 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 2,9 ballni, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.
Yer silkinishining poytaxt va Toshkent viloyatlari tuman va shaharlarida sezilish kuchi:
- Yuqori Chirchiq tumanida 2−3 ball, 7 km.
- O‘rta Chirchiq tumanida 2 ball, 11 km.
- Nurafshon shahrida 2 ball, 12 km.
- Bektemir tumanida 2 ball, 16 km.
- Yangihayot tumanida 2 ball, 20 km.
- Yashnobod tumanida 2 ball, 20 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter