Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

Senatning bugungi yalpi majlisida parrandachilik sohasini rivojlantirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Xususan, mazkur qonun bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.

Shu bilan birga pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hisoblash va to‘lash tartibi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bunda pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring