Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Partiya tashabbusi bilan 50 ta bog‘chada shaxmat maydonchalari qurildi

Partiya tashabbusi bilan 50 ta bog‘chada shaxmat maydonchalari qurildi

Foto: «Adolat» SDP matbuot xizmati

Respublikamizdagi 50 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida shaxmat-shashka maydonchalari qurilib, foydalanishga  topshirildi. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga «Adolat» SDP matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining «Maktabgacha ta’lim — kadrlar tayyorlashning birlamchi bo‘g‘ini» loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan imkoniyatlardan qay darajada foydalanilayotganini aniqlash bilan bir qatorda, ertamiz egalarini har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, kichkintoylarga «aql gimnastikasi» bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida shaxmat-shashka maydonchalari qurilib foydalanishga topshirilmoqda.

«Adolat» SDP matbuot xizmati

Jumladan, mart-avgust oylarida Nukus shahridagi 48-son, Jizzax shahridagi 6-10-34-41-son, Baxmal tumanidagi 1-3-8-son, G‘allaorol tumanidagi 1-5-22-son, Do‘stlik tumanidagi 17-son, Paxtakor tumanidagi 1-2-3-5-6-7-10-son, Zafarobod tumanidagi 12-son, Forish tumanidagi 5-son, Zomin tumanidagi 3-4 hamda Sh.Rashidov tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarida, Qarshi shahridagi 14, 49, 25-MTMlarda, Nishon tumanidagi 2, 16, 20-MTMlarda, Qarshi tumanidagi 6-MTMda, Yakkabog‘ tumanidagi 1ta Barkamol avlod ijodiyot markazida, umumiy hisobda Jizzax, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar Kengashlari tomonidan jami 50ta MTMlarida shaxmat-shashka maydonchalari qurilib, bolajonlar foydalanishi uchun topshirildi.

«Adolat» SDP matbuot xizmati

Ayni kunlarda respublikamizning qolgan hududlaridagi MTMlarda ham bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring