Parvoz bekor qilindi. Chipta haqiqiy emas

Qarshi shahrida joylashgan MChJ ijrochi direktori, 33 yoshli L.E. shu MChJ ta’sischisi 32 yoshli I.M., va g‘aznachisi 47 yoshli J.Sh., lar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, soxta chipta sotib, firibgarlik qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.
Nomi yuqorida keltirilgan shaxslar 2020 yil 8 yanvardan 15 fevralga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqarolarga «Qarshi-Moskva», «Samarqand-Moskva» va «Toshkent-Moskva» yo‘nalishlari bo‘yicha avia reyslar uchun noqonuniy, ro‘yxatdan o‘tmagan chiptalar sotib, jami 38 nafar fuqarolarning jami 75.284.476 so‘m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganlari aniqlangan.
Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter