Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pavel Durov katta garov evaziga qamoqdan ozod etildi

Pavel Durov katta garov evaziga qamoqdan ozod etildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi sud jarayonidan so‘ng garov evaziga qamoqdan ozod etildi.

U 5 million yevro miqdorida garov puli to‘lashi hamda haftasiga ikki marta politsiya idorasiga kelishi lozim.  Shuningdek, Fransiya hududini tark etish taqiqlandi.

«Durov 6 ta jinoyatda, jumladan, noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida onlayn platformani boshqarishda ayblanmoqda, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin», — deyiladi Parij prokuraturasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi 24 avgust kuni Parijdagi aeroportda qo‘lga olingandi. Durov bilan birgalikda uning akasi Nikolay ham qidiruvga berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring