Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta terimi uchun qanchadan to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Paxta terimi uchun qanchadan to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilandi.

O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Sa’dulla Tojiyevning aytishicha, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qo‘shimcha jalb qilish maqsadida qo‘lda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan 230 so‘mdan ustama haq to‘lanishini ta’minlanadi.

Shuningdek, klasterlar o‘zlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, ya’ni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq to‘lashlari ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring