Paxta-to‘qimachilik klasterlari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

Paxta-to‘qimachilik klasterlari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi.
Prezident farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan quyidagi choralar belgilandi:
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan 2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabrgacha to‘liq qaytargan klasterlarga ushbu kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma hisobidan qaytarib beriladi;
2023-yilgi paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamg‘armaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldig‘ini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
2024-yil 1-avgustdan Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha klasterlar ta’sischilarining shaxsiy kafilligi qo‘shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas