«Paxtakor» Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

Turkiyada yig‘in o‘tkazgan «Paxtakor» oxirgi nazorat o‘yinida Makedoniyaning «Vardar» klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushirilgan «Paxtakor» futbolchilari makedoniyaliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Dastlab Ibrohimov aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Kanyuk yaqin masofadan oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Shunday qilib, Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvida «Vardar» 2:0 hisobida dog‘da qoldirildi.
«Paxtakor» Turkiyada o‘tgan yig‘inni yakunladi va 22 yanvardan tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Belekda «Turgutluspor» (3:0), «Amedspor» (2:0), «Partizani» (3:1) va «Vardar» (2:0)ga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazilganini eslatib o‘tamiz.
«PAXTAKOR» - «VARDAR» - 2:0 (0:0)
Gollar: Ibrohimov 76, Kanyuk 83.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter