«Paxtakor» Turkiyada Yevropa klublari bilan o‘ynaydi

Shu kunlarda Toshkentning «Paxtakor» klubi Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Bu klub rasmiy saytida «sherlar»ning nazorat uchrashuvida raqiblik qiladigan jamoalar nomiga oydinlik kiritildi.
Belekdagi yig‘in chog‘ida «Paxtakor» 7 yanvar kuni Turkiya 3-ligasi vakili «Turgutluspor» bilan kuch sinashadi. 11 yanvarda esa turklarning ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi «Shanliurfaspor»ga qarshi maydonga tushadi.

Foto: klub rasmiy sayti
Bundan tashqari, toshkentliklar Albaniya Superligasi vakili «Partizani» hamda Makedoniya yuqori ligasi ishtirokchisi «Vardar» jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Turkiyadagi yig‘in 21 yanvar kuni tugaydi va «Paxtakor» Toshkentga qaytib keladi.
Mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuv 30 yanvar kuni Doxada «Al-Garafa» bilan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter