Pedri va Yamal Levandovskini asosiy tarkibda bo‘lishini istamaydi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal va yarim himoyachi Pedri Robert Levandovskini asosiy tarkibda ko‘rishni istamaydi. Bu haqda «El Nacional» nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 17 yoshli Yamal polyak bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, Ferran Torres bilan o‘ynashni afzal ko‘radi. Pedri va Lamin Yamal bosh murabbiy Xans-Diter Flikga murojaat qilib, Torresning boshlang‘ich tarkibiga maydonga tushirishini so‘rashdi. Ferran asosan ushbu mavsumda zaxiradan maydonga tushmoqda.
Joriy mavsumda Levandovski klub uchun 29 o‘yinda 25 ta gol urdi va La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi va shuningdek, Chempionlar Ligasida ham o‘nta o‘yinda to‘qqizta gol urdi.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres ushbu mavsum barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 16 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter