Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin-2022 Qishki olimpiadasi rasman yopildi: yakuniy natijalar

Pekin-2022 Qishki olimpiadasi rasman yopildi: yakuniy natijalar

Foto: «Nsport»

Bugun, 2022-yilning 20-fevral kuni Pekindagi XXIV Qishki olimpiya o‘yinlari yakuniga yetdi. Rasmiy yopilish marosimida Pekin Olimpiada bayrog‘ini 2026-yilgi Qishki olimpiada mezbonlari — Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlariga topshirdi.

Pekin-2022 Qishki olimpiadasida 91 mamlakatdan 2 871 (1 581 erkak va 1 290 ayol) nafar sportchi qatnashdi. 7 sport turi (15 yo‘nalish) bo‘yicha 109 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Pekin-2022 musobaqalarida, kecha xabar berganimizdek, Norvegiya terma jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikni muddatidan avval qo‘lga kiritdi: yakunda 16 oltin, 8 kumush va 13 bronza — jami 37 medal, norveglar medallar soni va sifati bo‘yicha yaqqol ustunlik bilan Qishki o‘yinlarni boshlarini baland ko‘targan holda tark etishdi.

Germaniya ikkinchi: 12 oltin, 10 kumush va 5 bronza — jami 27 medal.

Xitoy uchinchi — 9 oltin, 4 kumush va 2 bronza — jami 15 medal.

Yetakchi o‘nlik

Manba: Wikipedia
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring