Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekinda Olimpiada-2022 mash’alasi tanishtirildi (foto, video)

Pekinda Olimpiada-2022 mash’alasi tanishtirildi (foto, video)

Olimpiya mash’alasi dizayni.

Foto: IOC

Pekindagi 2022 yilgi Qishki olimpiada tashkilotchilari olimp mash’alasi taqdimotini o‘tkazishdi.

Mash’alaga «Uchar» nomi berildi. Qizil-kumush tusli mash’al uglerod tolasidan tayyorlangan, spiral bo‘ylab tepaga ko‘tarilayotgan ikki tasmani eslatadi. Kumushrang va qizil rang, tashkilotchilar fikricha, muz va olov to‘qnashuvini anglatadi.

Olimpiya va Paralimpiya mash’alalari. Foto: «Twitter»

Mash’alaga Beijing 2022 (Pekin-2022) emblemasi va olimpiya halqalari tasviri tushirilgan.

  • Qishki olimpiada Pekinda 2022-yilning 4—20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
  • Olimpiya-2022 ramzi — Bin Dundun laqabli panda.
  • 102 yo‘nalishda medallar uchun kurash boradi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring