Pele, Maradona, Messi va boshqalar — «France Football» barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi
![Pele, Maradona, Messi va boshqalar — «France Football» barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi](http://static.xabar.uz/crop/1/8/720_460_95_1815874611.jpg)
Fransiyaning nufuzli «France Football» nashri barcha zamonlarning ramziy terma jamoasini tuzdi.
Jahonning yetakchi OAVlarida faoliyat ko‘rsatuvchi 140 nafar jurnalist bergan ovozga ko‘ra, «Orzular jamoasi» asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:
darvozabon — Lev Yashin (sobiq Ittifoq);
himoyachilar — Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Kafu (Braziliya);
himoyalanuvchi yarimhimoyachilar — Lotar Matteus (Germaniya), Xavi (Ispaniya);
hujumkor yarimhimoyachilar — Diyego Maradona (Argentina), Pele (Braziliya);
hujumchilar — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Lionel Messi (Argentina), Ronaldo (Braziliya).
«Orzular jamoasi»ning ikkinchi tarkibi: Janluiji Buffon — Roberto Karlos, Franko Barezi, Karlos Alberto — Alfredo Di Stefano, Frank Raykaard, Andrea Pirlo, Zayniddin Zidan — Ronaldino, Yoxan Kroyf, Garrincha.
«Orzular jamoasi»ning uchinchi tarkibi: Manuel Noyer — Paul Braytner, Serxio Ramos, Filipp Lam — Andres Inesta, Didi, Yoxan Neskens, Mishel Platini — Terri Anri, Marko van Basten, Jorj Best.
«Orzular jamoasi»ni tuzish uchun 90 nafar futbol yulduziga ovoz berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter