Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya miqdori oshiriladi

Pensiya miqdori oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 (hozir — 10) baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Shuningdek, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 (hozir — 10) barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring