Peshovarda o‘ta qabih jinoyat sodir etildi

Bugun, 4 mart kuni Pokistonda o‘ta qabih jinoyat sodir etildi: Peshovar shahridagi masjidda juma namozi paytida portlash amalga oshirildi. Bu haqda «Geo News» politsiya xodimlari va qutqaruvchilarga asoslanib xabar berdi.
Portlash oqibatida kamida 30 inson halok bo‘ldi, 50 dan ortiq odam jarohatlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchi masjidga kirib o‘zini portlatib yuborgan.
Qutqaruvchilar jarohatlanganlarni kasalxonalarga yetkazishmoqda, ularga mahalliy aholi mototsikllar va avtomobillarda ko‘maklashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter