Peskov: «Sovuq urush yaqinlashmoqda»
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning uzoqqa uchuvchi raketalari Germaniya hududiga joylashtirilishiga munosabat bildirarkan, sovuq urush boshlanishiga yaqin qolganini aytdi. Uning so‘zlarini jurnalist Pavel Zarubin o‘z telegram-kanalida keltirdi.
«Shaxdam qadamlar bilan sovuq urushga qarab ketyapmiz. Bu boshimizdan o‘tgan. O‘sha Germaniya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya Ukraina nizosida bevosita qatnashyapti. Sovuq urushning barcha belgilari — qarama-qarshiliklar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlar qaytmoqda», — deya bayonot berdi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb mamlakatlarining xatti-harakatlaridan maqsad Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter