Peterburgdagi portlashda jarohatlangan o‘zbekistonlik operatsiya qilindi

27-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Perekrestok» savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik.
Ular orasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov «Aleksandrovskiy» nomli 17-sonli shahar shifoxonasiga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan edi.
Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va hozirda uning ahvoli ancha yaxshi. Konsullik boshqarmasi xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zaruriy choralarni ko‘rmoqdalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter