Piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan hokim o‘rinbosariga nisbatan ish ochildi

Nishon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari bir kishini urib yuborgani, oqibatda piyoda vafot etgani xabar berilgandi.
31.07.2022-yilda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati Xabar.uzga tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Nishon tumani hokimining 1-o‘rinbosari E.Boboqulov (1969-y.t., sudlanmagan) tuman hokimligiga tegishli bo‘lgan avtomashinani G‘uzor-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda A.Yo‘ldoshevni (1973-y.t.) urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda, A.Yo‘ldoshev hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter