Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plastik chiqindilarni parchalay oladigan mikroorganizm topildi

Plastik chiqindilarni parchalay oladigan mikroorganizm topildi

Shri-Lankadagi Kelaniya universiteti olimlari kesilgan daraxtlarni yo‘q qiladigan qo‘ziqorinlardan plastik chiqindilarga qarshi kurashda foydalanish mumkinligini aniqladi.

Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida chop etildi.

Ushbu mikroorganizm yog‘ochga qattiqlik beradigan juda bardoshli organik polimer bo‘lgan ligninni parchalash uchun fermentlarni ishga soladi. Tadqiqot uchun olimlar chirigan qattiq daraxtlardan 50 ta qo‘ziqorin namunalarini ajratib olishdi. Keyin ular namunalarni ikkita asosiy guruhga bo‘lishdi: birinchisi past zichlikdagi polietilenga, qolganlari esa daraxtlar va plastmassa aralashmasiga qo‘yilgan.

45 kundan keyin ma’lum bo‘ldiki, ikkala tajribada qo‘ziqorinlar polietilenni yemirgan.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, oq qo‘ziqorin ham yog‘ochni, ham plastmassani parchalash uchun oksidlovchi fermentlardan foydalanadi. Biroq, plastmassani qayta ishlashda aniq qanday jarayonlar ishtirok etayotgani hali noma’lum. Kelgusi tadqiqotda mualliflar zamburug‘larning turli muhitlarda, masalan, chiqindixonalarda qanday yashashini va ularning daraxtlarga xavf tug‘dirishini aniqlashni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring