Pokistonda vokzalda portlash: 21 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Balujiston viloyatidagi Kvetta shahrida temir yo‘l vokzalida portlash sodir bo‘ldi.
Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi mahalliy Geo TV telekanali.
Telekanal xabariga ko‘ra, portlash odatda ko‘p odamlar to‘planadigan vokzal kassasida poyezd jo‘nab ketishidan avval sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan, u yerda favqulodda holat e’lon qilingan – u yerga qo‘shimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar chaqirilgan.
Mahalliy rasmiylarning aytishicha, bir qancha jabrlanganlarning ahvoli og‘ir, shu bois qurbonlar soni ortishi mumkin.
Politsiya vakilining aniqlik kiritishicha, portlash xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan. Boshqa tafsilotlar hali aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter