Pokistonning Lahor shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi

Pokistonning Lahor shahrida «O‘zbekiston savdo uyi»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Lahor shahri ma’muriyati hamda yirik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ushbu savdo uyi ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, joriy yilning 25-iyun kuni Karachi shahrida O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum o‘tkaziladi.
Ushbu muhim tadbirda o‘zbekistonlik tadbirkorlar taklif etilmoqda. Ularga «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJning qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga xorijdan malakali dizaynerlar, texnologlar, marketologlar, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish xarajatlarini qoplash imkoniyatidan foydalanishni taklif qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter