Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politico jurnali Vladimir Putinni «yilning omadsiz odami» deb topdi

Politico jurnali Vladimir Putinni «yilning omadsiz odami» deb topdi

AQShda nashr etiladigan nufuzli Politico jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «yilning omadsiz odami» deb e’lon qildi.

Politico nashri 2022-yilda Yevropaning eng nufuzli odamlari reytingiga 28 nafar siyosatchini kiritdi. Jurnal Putinni Yevropadagi eng ta’sirga ega prezidentlar ro‘yxatining «xayolparastlar» bobida 28-o‘ringa qo‘ydi.

«Vladimir Putinning buyuk Rossiya haqidagi orzusi amalga oshishi dargumon. Uning Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlagani bu orzuni parchalay boshladi. Bu Rossiyani 3-darajali mamlakatga aylantirib qo‘ydi. Uning o‘rnida boshqalar bo‘lganida talafotlarni qayd etgan holda chekingan bo‘lar edi, biroq Putinning o‘jarligi tufayli urushning cho‘zilib ketish ehtimoli bor. Yevropa uchun bu yana iqtisodiyot va siyosatga ta’sir ko‘rsatadigan jilovlab bo‘lmaydigan inflyasiyani, energotashuvchilarga narxning o‘sishini, o‘g‘it va gaz yetishmovchiligini anglatadi», deyiladi maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring