Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Polsha to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Illyustrativ foto

Polsha oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi 30-iyundan ish vaqtini qisqartirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushiradi, deb xabar berdi The Warsaw portali.

Xodimlar uchun uch xil taklif berilmoqda:

  • Haftasiga to‘rt ish kuni (maoshlar oldingicha qoladi)
  • Ish kuni 8 soatdan 6 soatga qisqaradi
  • Qo‘shimcha ta’til

2027-yilning noyabriga qadar ushbu qonunni to‘liq qabul qilish mo‘ljallangan.

Ushbu sinov ish beruvchilarning cho‘ntagiga zarar qilmaydi: kompaniyalar va davlat tuzilmalari ish jadvalini o‘zgartirishi uchun 1 mln zlotiygacha oladi.

Ta’kidlanishicha, ish soatlarining qisqarishi rasman foydali, masalan, Fransiyada YIM 81 foizgacha o‘sgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring