Polshada avtobus halokatga uchradi

Polsha poytaxti Varshava shahridagi til o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktabning avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 48 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Avtobusda maktabning 7-sinf o‘quvchilari Zakopane shahriga sayohatga ketayotgan edi. Voqea oqibatida 43 o‘quvchi va 5 nafar katta yoshli kishi, jami 48 kishi jarohat oldi.
Avtobus qaytayotib «KamAZ» bilan to‘qnashib ketgan.
Jarohatlanganlar 8 ta ambulans va bitta harbiy vertolyot bilan shifoxonalarga yetkazildi.
Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter